Kanchelskis Liga kubogi haqida: Hech narsa bermaydigan bu musobaqa kim uchun qiziqarli?

  • 3 iyun, 2019, 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha kun avval Rossiyaning «Argumenty i Fakty» ro‘znomasida «Navbahor» bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bilan uyushtirilgan suhbat chop etildi. Biz mazkur suhbatning o‘zimizga tegishli qismini havola qilamiz.

- O‘zbekistonga qanday borib qoldingiz?

Tecno

- Namanganning «Navbahor» jamoasidan qiziqarli taklif oldim. Ko‘p ham o‘ylab o‘tirmay, taklifga rozi bo‘ldim. O‘zbekistonga moslashuv jarayoni uzoq kechmadi. Namangan - futbol shahri. Mashg‘ulotlarimizni ko‘plab muxlislar kuzatishadi. O‘yin kuni stadionga 20 mingdan ziyod ishqibozlar tashrif buyuradi.

- Rossiyada o‘rtacha tomoshabinlar tashrifi - 16,6 ming.

- To‘g‘ri, lekin hamma jamoalar ham shuncha muxlis yig‘olmaydi. Bu erda hammasi joyida. Ammo men tushunmayotgan narsalar ham bor. Masalan, o‘yin kuni ogohlantirishsiz hakam o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, Liga Kubogi tashkil etildi, xuddi Angliyadek singari. Yaxshi g‘oya. Biroq, Angliyada g‘olib chiqqanga Evropa Ligasiga yo‘llanma berilsa, bizda yo‘q. Hech narsa bermaydigan bu musobaqa kim uchun qiziqarli?

- Namangan - palov yurti. Buni o‘zingizda his qildingizmi?

- Palovni haftada 1-2 marta tanovvul qilaman. Ko‘payib ketsa semirib ketasiz. Futbolchilarga ham og‘irlik qiladi. Ammo futbolchilarga buni ta’qiqlab ham bo‘lmaydi. Eslayman, «Spartak»ni boshqargan Nevio Skala klubga kelgach taomnomani butkul o‘zgartirgandi. «Borщ»ni ta’qiqlab qo‘ygandi. Hamma makaron eyishiga to‘g‘ri kelgan. Chetdan kelib o‘zining tartibini o‘rnatish mumkin emas.

- Rossiyaga qaytib ishlashga umid qilyapsizmi? Oldinlari yosh murabbiylarning ishlashlariga to‘sqinlik qilishayotgani haqida gapirgandingiz.

- Avval qanday bo‘lgan bo‘lsa hozir ham shunday. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi.

Manbaa: lochinlar.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Gaffarov Muzaffar
03/06/2019 22:31
Bir tiyinga qimmat bu Liga kubogi Kanchelskiy xaq.
&
Azmun92
05/06/2019 11:40
Ey zaybaaal qildinaku nima 15kunda chempion qilib qooysinmi agar navbaxor oyinidagi ozgarishlarni kormagan bolsangiz bilmadim silani qanaqa muxlis deb atash kerak shaxsan men u.n oyin zor faqat ozgina omadsizlik
MuhammadAli Qodirxonov
04/06/2019 16:42
Aziz turgʻunboyev kelsa xammasi joyiga tushadi xudo xoxlasa trener yaxshi
Aliyev Shahboz
03/06/2019 23:29
Shaxsan man Navbaxorni muxlisiman. Muxlis sifatida manga umuman yoqmayapti bu murabbiyni ishi. Oʼtkan yilgi Navbaxorni oʼyinlarini sogʼinib kutyapmiz. Haqiqatdan ham oʼtgan yilgi Navbaxor haqiqiy Lochinlardek uchib oʼynashardi. Bu murabbiy bedanavozga oʼxshaydi, Lochinlarni boshqarishga yonib kuyib klubni shanini oʼzini shani deb biladigan murabbiy kerak bedanavoz emas. Haliyam kechmas Rossiyaga chipta olib qaytsin, keyin Lochinlarni oldingidek parvozini koʼraylik.
&
Azmun92
05/06/2019 11:42
Agar sizga yoqmagan bosa boring aqlingiz yetsa ozingiz trenirlik qiling ulayam kecha mardikor bolib bugun trener bolib qomagan uni u deysila buni bu deysila nimani xoxlaysila ozi

Surxon turon
03/06/2019 23:06
Канчлевскинни узи бир тийнлик мураббий рассияда бунақаларни мураббий деб атамайди сафсатадан бошқасини билмайди