
Kanchelskis "Dinamo"ga qarshi o‘yin haqida: Biz ikki ochko yo‘qotdik
"Bugun futbolchilar muxlisbop o‘yin namoyish etishdi. Uchrashuv gollar, xavfli vaziyatlarga boy tarzda kechdi. Shogirdlarimning o‘yinlaridan unchalik qoniqish hosil qilmadim. Yigitlar bahsning ikkinchi bo‘limini biroz yaxshi o‘tkazishdi, lekin birinchi bo‘lim haqida unday deya olmayman. Boisi, unda ko‘plab qulay imkoniyatlar qo‘ldan boy berildi.
Hali ushbu vaziyatlarni yaxshilab o‘rganib chiqamiz, zarur xulosalarni chiqaramiz. Biz faqatgina bir o‘yinda emas, balki, har bir uchrashuvda yaxshi futbol ko‘rsatishimiz lozim. Muxlislarga esa uzoq yo‘l bosib, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelganliklariga minnatdorchilik bildiraman.
Biz bugungi o‘yinda bir ochko ishlamadik, balki, ikki ochko yo‘qotdik", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar