Kamoliddin Tojiev: "Jamoalar muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishdi"
"Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
"Jamoalar muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol namoyish etishdi. Ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirildi. Kim imkoniyatdan foydalansa, o‘sha jamoa yutib ketadigan bahs edi. Biz o‘sha to‘pni kiritdik va g‘alaba qozondik.
Terma jamoa safidan futbolchilar kecha tunda qaytib kelishdi. Tiklanishdi va bugun maydonga tushishdi. Ularga rahmat aytaman".



Fikrlar