Kamavinga: "Real"da o‘zimni maksimal darajada namoyon etishni xohlayman"

  • 20 oktabr, 15:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoadagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men "qirollik klubi" tarixida iz qoldiramanmi? Albatta. Bu mening orzum. Har bir futbolchiga "Real"da o‘ynash imkoni berilavermaydi. Shu erda o‘zimni maksimal darajada namoyon etishni xohlayman. Bu jamoa safida o‘ynayotganimdan juda baxtiyorman", — dedi Kamavinga "TF1" nashriga.

22 yoshli frantsuz futbolchisi 2021 yil avgustidan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi. Kamavinganing transfer bahosi esa 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!