
Kamaru Usman nima uchun Masvidalga qarshi jangga rozi bo‘lganini aytdi
UFC yarimo‘rta vazn toifasining chempioni Kamaru Usman "UFC 251" doirasida Xorxe Masvidalga qarshi kechadigan jangni rad qilishi ham mumkin edi.
"Men o‘zimni gibrid jangchi deb bilaman. Men oktagonda har har narsaga qodirman. Agar men seni yiqitmoqchi bo‘lsam, unda men buni qachon qilishni xohlashimga bog‘liq bo‘ladi.
Agar men tik holatda jangni olib bormoqchi bo‘lsam, buni xotirjam tarzda uddasidan chiqaman. Menda ushbu jangda eng yuqori darajadagi jangovar ko‘rsatkichlar bor. Shuning uchun, men faqatgina g‘alaba kalitini topa olishim kerak bo‘ladi.
Ushbu jangni rad etish imkoniga ega bo‘lsa ham bunday qilmadim. Men kutishim mumkin edi va o‘zim istagan jangga ega bo‘lishim mumkin edi, ammo muxlislar bu jangni xohlashdi va ularni istaklarini amalga oshirishga qaror qildim," - dedi Usman.
Fikrlar