Kalafori faoliyatini Londonda davom ettiradi

  • 3 iyul, 2024, 22:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bolonya" bilan ajoyib mavsum o‘tkazgan va "Evro-2024"da Italiyaning muhim futbolchilari qatorida bo‘lgan Rikkardo Kalafori APLga ko‘chib o‘tmoqda. 

Tecno

Fabritsio Romano "Arsenal" va "Chelsi" himoyachiga qiziqish bildirayotgani borasida xabar bergandi. Bugun ma’lum bo‘lishicha, "kanonirlar" ushbu transfer ustida jiddiy ishlamoqda. Klub mazkur xarid uchun 50 million evro sarflashni maqsad qilgan, lekin hali rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. 

Boshqa bir insayder Di Martsio esa tomonlar kelishuvga erishishga juda ham yaqin turganini aytmoqda. Shuningdek, "Sports Zone" nashri "Arsenal" Kalaforini ko‘ndirdi, deya xabar tarqatdi. 

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Rikkardoning "Transfermarket"dagi narxi 30 million evroga teng. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!