Kabay yana Evropaga qaytishi mumkin

  • 15 iyun, 2019, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur yarim himoyachi Yoan Kabay yana faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchiga "Shalke", "Lill" va PSJ kabi jamoalardan qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Kabayning so‘nggi jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Nasr” klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoadan joriy yilning yanvarida ketgan.

Kabay faoliyati davomida “Nyukasl”, PSJ va “Kristal Pelas” kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!