
Jo‘rabek Karimov ham chorak finalda
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning asosiy to‘r bahslari ikkinchi davrasida umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimov belaruslik Aleksandr Bulitski bilan kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Jo‘rabek raqibi ustidan 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Fikrlar