
Jon Jons: Makregor ajoyib jangchi, lekin Xabibga qarshi tikmagan bo‘lardim
UFC ning yarimog‘ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jons "Now or Never" shousidan keyin o‘ziga xos savollarga javob berdi. Savollar, UFC ning hozirgi kundagi chempionlarining qay birlari xaqiqiy va qaysilari soxta ekanligi haqida bo‘ldi.
— Robert Uittaker
— U xaqiqiy. Juda kuchli zarba soxibi. Men uni Israel Adesanyani ustidan bosib o‘tib ketishini intiqlik bilan kutmoqdaman.
— Konor Makgregor.
— U haqiqiy. Har jabxada desam ham adashmayman. U oktagonda aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. U birinchi bo‘lib, ikki vazn toifasidagi chempionga aylandi
— Nima deb o‘ylaysan, u Xabibni revanshda engadimi?
— To‘g‘risi bilmayman. Men ham kurashchiman. Kurashchiga qarshi turish noqulay.
— Dastin Pore.
— U xaqiqiy. Menga uning tarixi yoqadi. U juda mexnatkash va barcha narsaga ulguradi.
— Kamaru Usman.
— Xaqiqiy. Biz bitta turnirda jang qildik. U bilan Tayron Vudli bilan o‘tkazgan jangidan so‘ng, biroz suxbatlashgan edim.
— Maks Xollouey.
— U ham xaqiqiy. Maks Xollouey bu Maks Xollouey.
— UFC ning yangi yuzi Genri Sexudochi?
— Uch karra chempion. Undan xaqiqiyrog‘i bo‘lmasa kerak. Qolaversa, Olimpiada chempioni va UFC ning ikki dvizion chempionidir.
— Xabib.
— Xabib xaqiqiy erkak!
— Uning kachiligi yo‘qmi?
— Shu vaqtga qadar ko‘rsatayotgan janglari, natijalari shuni ko‘rsatayaptiki, unda kamchilik yo‘q. U mexnatkash, yoshligidan ayiqlar bilan kurash tushib yurgan inson albatta xaqiqiy bo‘ladi.
— Sendan xech qachon ajralmaydigan yigit, Daniel Korme.
— Yolg‘on xabar. Og‘ir vaznda chempion sifatida u haqiqiy erkak, ammo o‘zini ikki karra chempion deb e’lon qilsa, bu ming foiz yolg‘onga aylanadi.
— Sen o‘zingni u bilan og‘ir vazndagi qarama-qarshilikda qanday xis qilasan?
— Bunga tayyorman deb o‘ylayman. Shunchaki moliyaviy jihatdan o‘z extiyojlarimni qondirilishini xoxlayman. Chunki bu biznes! Bu juda ham katta jang. Kattta jangda moliyaviy tomoni ham yaxshi bo‘lishi kerak.
Manba: allboxing.ru
Fikrlar
Xaqiqatdan u ERKAKNI>> NARRI
Xaqiqatdan u ERKAKNI>> NARRI
Xaqiqatdan u ERKAKNI>> NARRI
Xaqiqatdan u ERKAKNI>> NARRI