
Jon Isner raqibini 54 daqiqada taslim qildi
Amerikalik Jon Isner Indian-Uells shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqaning uchinchi davrasiga yo‘l oldi.
"BNP Paribas Open" deya nom olgan ushbu turnirning ikkinchi davrasida Jon avstraliyalik Aleksey Popirinni 6:0, 6:2 hisobida taslim qildi.
Endi Isnerga "Masters" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning navbatdagi bosqichida argentinalik Gvido Pele qarshilik ko‘rsatadi.
Fikrlar