
Jokovich: Uni ruhiy tushkunlikka tushira oldim
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Novak Jokovich Rimdagi "Masters" turnirining uchinchi bosqichida Filip Krayinovich ustidan qozongan g‘alabasi (7:6, 6:3) haqida fikr bildirdi:
"Bu faoliyatimdagi eng uzun setlardan biri bo‘ldi. Birinchi setda 87 daqiqa o‘ynash bu juda qiyin. Kamiga, eng yaqin do‘stlarimdan biri bilan shunday o‘yinda ishtirok etish oson emas. Menimcha, birinchi set umuman boshqacha stsenariyda o‘tishi ham mumkin edi.
Yaxshiyamki, barchasi xayrli yakunlandi. Uni ruhiy tushkunlikka tushira oldim va bu menga ikkinchi setda qo‘l keldi. Yuzaga kelgan ilk imkoniyatdan foydalandim va o‘yinni yakunladim".
Fikrlar