Joel Kojo jarohat oldi

  • 9 fevral, 14:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qirg‘iz Respublikasi va Eronning "Istiqlol" klubi hujumchisi Joel Kojo jarohat oldi. 26 yoshli hujumchi "Rafsanjon"ga qarsha uchrashuvda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

"varzesh3"ning xabar berishicha, MRT natijalariga ko‘ra, futbolchi katta ehtimol bilan "Persepolis"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Klub tibbiyot xodimlarining dastlabki tashxisi natijasiga ko‘ra,  Kojoning to‘liq tiklanishi uchun kamida uch-to‘rt hafta kerak bo‘ladi.

Demak, u "Shams Azar" va "Ar-Rayyan"ga qarshi o‘yinlarni albatta o‘tkazib yuboradi va 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Nasaji Mazandaron"ga qarshi bahsda ham maydonga chiqa olmaydi. Uning "Tehron derbisi"ga qarshi ishtiroki ham so‘roq ostida qolmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/02/2025 16:00
Узбекистон билан Киргиз таркибида хам тушмасмикин.