
Joau Felish APLning ikki grandi radarida
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Felish Angliya premer-ligasining ikki klubi tomonidan nishonga olingan. 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida portugaliyalik futbolchi "Chelsi" safida ijara asosida o‘ynadi va Angliya chempionatida to‘rtta gol urdi.
"Onda Cero" nashri xabariga ko‘ra, Felishning xizmatlariga "Tottenxem" va "Aston Villa" jamoalari qiziqish bildirmoqda. "Atletiko" o‘z hujumchisini 100 million evroga baholamoqda.
23 yoshli hujumchining o‘zi ham "Atletiko"da qolishni istamayapti, futbolchining murabbiy Diego Simeone bilan munosabatlari yaxshi emas.
Fikrlar