Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ilmiy kengashning 2022 yil yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

  • 29 dekabr, 2022, 19:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash  va malakasini oshirish instituti va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallari kesimida 2022 yil 29 dekabr kuni kengaytirilgan Ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tecno

Yig‘ilishda Institut va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallarida faoliyat yurituvchi barcha (bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, xo‘jalik bo‘limi va boshqa barcha texnik xodimlar) xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash  va malakasini oshirish instituti rektori, Ilmiy kengash raisi, professor Tursunaliev Ilhomjon Axmedovich kirish so‘zi bilan ochib berildi hamda “Institut va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallarida 2022 yil davomida o‘quv, ilmiy-uslubiy, moddiy-texnik va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan taqdimot qilindi.

photo_2022-12-29_19-37-50

Taqdimot davomida 2022 yil 25 fevral – 2 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tashqi baholash natijalariga ko‘ra ATTESTATsIYaDAN MUVAFAQQIYaTLI O‘TGANLIGI;

2022 yil 4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori qabul qilinganligi;

Mazkur qarorga ko‘ra soha uchun qo‘yidagi engilliklar yaratilganligi.

Jumladan,

  • Baholashning 2 bosqichli tizimi joriy etilganligi;
  • Ilk bor sport ta’limida muqobil malaka oshirish joriy etilganligi;
  • O‘quv-uslubiy bo‘linma boshliqlari va xodimlari oylik maoshi takomillashtirilganligi;
  • OAV bilan ishlash uchun matbuot xizmati joriy etilganligi;
  • Institut maqomiga mos ravishda rektor - prorektorlar lavozimlari joriy etilganligi;
  • Filiallarda devonxona bo‘limi joriy etilganligi;
  • Uslubchi-metodistlar o‘rniga bosh mutaxassis va etakchi mutaxassis lavozimlari joriy etilganligi kabi bir qator ijobiy o‘zgarishlar joriy etildi.

2022 yil 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari professor-o‘qituvchilarining PEDAGOGIK YuKLAMALARI HAJMIni tasdiqlash haqida”gi 16-mh-son buyrug‘i bilan professor-o‘qituvchilar uchun pedagogik  yuklamalar soddalashtirildi.

 Qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha 110 nafar tinglovchilar qabul qilindi.

2022 yilda 12434 nafar tinglovchilar malaka oshirish kurslariga rejalashtirildi. 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1065 nafarga ko‘p rejalashtirildi.

2022 yilda yangi 6 ta malaka oshirish kurslarida tinglovchilar o‘z malakalarini oshirdilar. Jumladan, Sport ta’limi sohasida menejment, Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy
terma jamoalar trenerlari, Paralimpiya sport turlari bo‘yicha trener, Trener-selektsioner, Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv kadrlari zaxirasi.

Ilmiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha 2021 yilda  90 nafar (ilmiy salohiyat 40%) professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borgan bo‘lsa, 2022 yilda  177 nafar (Salohiyat 50%) professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bordi.

2023 yilda ilmiy salohiyatni 60% ga oshirish rejalashtirilmoqda.

INSTITUTdan Ilmiy kengash tavsiyasi asosida 2022 yilda,

2 ta professor 5 ta dotsent ilmiy unvonlari olindi.

2023 yilda 20 ta talabgorlar professor va dotsent ilmiy unvonlarga, 15 ta talabgorlar PhD himoyasiga chiqishi rejalashtirildi.

Institut va uning filiallari hamda soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ilmiy, ilmiy uslubiy ishlar borasida salmoqli yutuqlarga erishildi.

 2022 yilda 542 ta o‘quv adabiyoti yaratilgan, bo‘lsa 2021 yilda bu ko‘rsatgich 380 tani tashkil qilgandi.

Lekin darsliklar soni 5 taga, o‘quv qo‘llanmalar soni 20 taga kam, sport turlari bo‘yicha namunaviy dasturlar 3 taga kamni tashkil qildi.

Lekin uslubiy qo‘llanmalar soni 52 taga ko‘p, boshqa turdagi uslubiy ishlar (monografiya, uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar) 7 taga ko‘p yaratildi.

2022 yilda jami 328 ta maqolalar nashr etildi.

Shundan OAK e’tirof etgan XALQARO jurnallarida 73 ta (9 ta ko‘p),

OAK e’tirof etgan RESPUBLIKA jurnallari 102 ta (19 ta ko‘p), 

XALQARO ilmiy amaliy ANJUMANLARI 111 ta (133 ta kam),

RESPUBLIKA ilmiy amaliy ANJUMANLARI 42 ta (121 ta kam)

Institut va filiallar tomonidan 2022 yilda jami 23962 ta testlar tayyorlandi.

XALQARO hamkorlik aloqalari bo‘yicha Institut yil davomida         40 dan ortiq sport federatsiyalari hamda ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat yuritdi.

2022 yilda 6 ta memorandum, 2 ta xorijiy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv jarayoniga 26 nafar mahalliy, 24 nafar xorijiy mutaxassislar jalb etildi.

Ular ishtirokida 50 ga yaqin mahorat darslari, seminar, davra suhbatlari tashkil etildi.

 Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 2022 yil fevral oyida mazkur ta’lim muassasasida      6 nafar ot sport bo‘yicha trener mutaxassislar;

Nash Solnechnyy Mir (Rossiya federatsiyasi) nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish markazi bilan hamkrorlikda tashkil etilgan seminar va amaliy mashg‘ulotlarda 9 nafar professor-o‘qituvchilari;

Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy universiteti tarkibidagi Qo‘shimcha ta’lim institutida Institut va uning filiallarida faoliyat olib borayotgan 30 nafar professor-o‘qituvchilar, jami 45 nafar mutaxassislar o‘z malakalarini oshirdilar.

Yil sarhisobi bo‘yicha taqdimotda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi 2023 yil yil rejasi yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

Yig‘ilishda Oliy attestatsiya komissiya qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Artiqbaev Oybek Salimaxamatovichga DOTsENT ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi. 

photo_2022-12-29_19-40-53

Yig‘ilishda Institut va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar orasidan “Yilning eng faol o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri”, “Yilning eng yaxshi bo‘lim boshlig‘i” nominatsiyalari bo‘yicha 12 nafar xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, barcha xodimlarga yangi yil munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishi davom ettirilib, kun tartibidagi masalalar doirasida Institut Ilmiy kengashining 2022-o‘quv yilidagi faoliyati, sport sohasi va Institut faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari hamda Sportni rivojlantirish vazirligi Hay’ati qarorlari va buyruqlarining ijrosi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va tegishli hujjatlar bilan ishlash sifati, yangi 2023-o‘quv yili uchun Institut Ilmiy kengashi tarkibi hamda ish rejasi, tanlov (ilmiy unvonga tavsiya etish), 2022-yil uchun ish rejasi ijrosi,  2022-yil yanvar-dekabr oylari malaka oshirish kurslari rejasining bajarilish holati, yakuniy attestatsiya natijalari tahlili, yangi 2023-yil uchun jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan o‘quv-uslubiy hamda xo‘jalik bo‘limi boshliqlari va xodimlarining oylik ish xaqlariga ustamalar tayinlash hamda TTJning 2023-yil uchun to‘lov miqdorlarini belgilash kasaba uyushmasining 2022-yilda qilgan ishlar yuzasidan hisoboti, Institut va uning Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallarining  2023-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash, yangi 2023-o‘quv yilida Institutning o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘quv yiliga ko‘rilgan tayyorgarlik holati kabi masalalar muhokama etildi.

photo_2022-12-29_19-38-21

 

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!