
Jiru yozda "Milan"ni tark etib, MLSga ko‘chib o‘tadi
"Milan" hujumchisi Olive Jiru yozda jamoasini o‘zgartiradi. U MLSning "Los-Anjeles" klubi safiga ko‘chib o‘tadi.
Frantsiyalik tajribali forvard erkin agent sifatida milanliklarni tark etishi kutilmoqda. Joriy mavsum uning uchun Evropadagi oxirgisi bo‘lish ehtimoli yuqori.
Ma’lumot o‘rnida, Jiru bu mavsum A Seriyaning 30 ta o‘yinida 13 gol va 8 assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar