
Jiru MLS klubi bilan muzokaralar olib bormoqda
"Milan" hujumchisi Olive Jiru yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. U nafaqat jamoasini, balki Evropadan ham ketmoqda.
Insayder David Ornshteyn xabar berishicha, frantsiyalik strayker "Los-Anjeles" bilan muzokaralarni boshlagan. Jiru erkin agent sifatida MLS klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Olive mazkur mavsum ham o‘z darajasini namoyish qilmoqda. U milanliklar safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar