"Jiddiy qiziqish bo‘lmasa, saviyasi pastroq bo‘lsa ham chetga ketganim yaxshiroq". Aftidan, "Qizilqum" futbolchisi klubni tark etish payida...

  • 28 iyun, 2022, 15:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkib jihatidan kuchli ko‘rinish hosil qilgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi hozirda 20 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

U erda mahoratli o‘yinchilar bilan birga iste’dodi yuqori bahonalayotgan futbolchilar ham talaygina. 28 yoshni qarshilagan Jasur Azimov markazda to‘p suradi. Hozircha Azimov Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor gol urdi.

Aftidan, Jasur yozda klubini o‘zgartiradiganga o‘xshayapti. Futbolchi Sports.uz muxbiri bilan suhbatda bir qator savollarga javob qaytardi.

- Mavsumning dastlabki qismi jamoangiz uchun qanday o‘tdi?

- Mavsumning dastlabki qismidagi ishtirokimizni o‘rtacha baholayman. Kuchli jamoalarga qarshi uchrashuvlarda o‘yinimiz o‘xshamadi. Yoki ular bizni taktikamizni o‘rganib olishgandir. Umuman aytganda, ishtirokimiz o‘rtacha. O‘zimga kelsak, qoniqmadim, kam o‘ynadim.

azimov1_2

- Xorijlik bosh murabbiyning uslubini futbolchilar to‘liq tushunib etishganmi?

- Hali jamoamiz 100 foizga bosh murabbiyga moslashdi, deb o‘ylamayman. Bizda yulduzli tarkib yig‘ilgan. Jamoaga chempion bo‘lgan futbolchilar kelgan. Shularning hisobiga g‘alaba qozonyapmiz. Murabbiy esa hali to‘liq kirishib ketdi, deb o‘ylamayman. Balki murabbiyning aytganlarini biz hali yaxshi tushuna olmayotgandirmiz.

- Bundan chiqdi, “Qizilqum”ning g‘alabalarida futbolchilarning individual mahorati muhim rol o‘ynayaptimi?

- Ha, shunday demoqchiman.

azimov_4

- Yozgi transfer oynasi ochilish arafasida. Keyingi rejalaringiz qanday? Yoki yangi takliflarni ko‘rib chiqasizmi?

- O‘zimdan qoniqish hosil qilmayapman. Hozirda 2-3 ta takliflar bo‘lyapti. Shularni ko‘rib chiqyapman. Agar “Qizilqum”dan ketadigan bo‘lsam, yozda yangi jamoaga o‘tishim mumkin. Shuningdek, Malayziya va Bangladeshdan ham variantlar chiqyapti.

- Bu masalada klub bilan maslahatlashasizmi yoki mustaqil ravishda qaroringiz qat’iymi?

- Bosh murabbiy, rahbarlar bilan gaplashaman. Ular ruxsat berishsa, qarorimni amalga oshiraman.

azimov2_1

- Xizmatingizga qaysi klublar qiziqish bildirishyapti?

- Agent Malayziyadan taklifni ko‘rib chiqyapti. O‘zimizdan ham qaysi klublar qiziqayotganini hozir aytmoqchi emasman. Bangladeshdan menga tayyor shartnoma yuborishgan. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. “Qizilqum” bilan meni yil oxirigacha shartnomam bor. Qachonki, barchasi aniq bo‘lganidan so‘ng aytaman.

- Malayziya, Bangladesh kabi chempionatlar Superligamizdan yuqori emas. O‘zimizda qolganingiz yaxshimasmi? Yoki legioner sifatida chetda to‘p surish ishtiyoqingiz balandmi?

- O‘zimizdan yaxshiroq taklif bo‘lsa, shu erda qolganim ma’qul. Mabodo, jiddiy qiziqish bo‘lmasa, saviyasi pastroq bo‘lsa ham chetga ketganim yaxshiroq.

azimov3_1

- “Qizilqum”da asosan qaysi futbolchilarning “so‘zi” o‘tadi...

- So‘zsiz Ignatiy Nesterov bilan Erkin Boydullaev.

- Klubdagi muhit qanday?

- Bu jamoani Hamid aka Aktamov tuzgan. Yaxshi futbolchilar, bir-biri bilan inoq. Boshida ozgina tushunmovchilik bo‘ldi. Bu o‘yinchilar o‘rtasida emas, murabbiylar bilan. Ammo hozir hammasi yaxshi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
29/06/2022 10:41
Худонинг майдонлари жуда жуда катта шунинг учун сураганингизда катта охири куринмайдиган бой майдонларда уйин уйнаб ишлашни суранг Ушанда беради