Jeyk Pol yana bir juda kuchli bokschi bilan jang qilmoqchi

  • 10 aprel, 16:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Taniqli bloger va boksi Jeyk Pol 2026 yilda kim bilan ringda to‘qnash kelishini aytdi.

"Men barchaga ma’lum-u mashhur bo‘lgan Entoni Joshua bilan telefon orqali suhbat qurdim. O‘sha kuni biz 2026 yilda ringda jang qilishni kelishib oldik. Hozircha, bu shunchaki, reja. Ko‘ramiz, balki menda yanada yaxshiroq bahslar uchun imkon tug‘ilar..." - dedi Pol.

Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua so‘nggi jangida Deniel Dyubuadan texnik nokautga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!