
Jeyk Pol: "Mayk Tayson meni o‘ldirishga va’da berdi"
Mashhur amerikalik bloger Jeyk Pol afsonaviy bokschi Mayk Tayson bilan bo‘lajak jangiga izoh berdi.
"Tayson meni o‘ldirishini aytdi. Ammo bundan xavotirga tushganim yo‘q. Men jangga tayyorman. Ringga chiqqanimizda hammasini isbotlayman. Bu jang mutlaqo boks tarixiga kiradi. Biz bu tarixni birgalikda yozamiz", - dedi bloger matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol (10-1, 7 KO) va Mayk Tayson (50-6, 44 KO) o‘rtasidagi bahs 16 noyabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar