
"Jenoa" 6 o‘yindan so‘ng...
A Seriya 28-turida "Jenoa" safarda "Parma" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda genuyaliklar hujumchisi Janluka Skamakka ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, 2 gol bilan jamoasi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Eldor Shomurodov jamoasi 6 o‘yindan so‘ng g‘alaba qozondi. Genuyaliklar oxirgi marta 6 fevral kuni 21-turda "Napoli"ni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Oldinroq, Davide Ballardini shogirdlari 7 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan. So‘ng, "Jenoa" durang va mag‘lubiyatlar "ko‘chasi"ga kirib qolgandi.
Fikrlar