"Jenoa" - "Fiorentina" murosa ko‘chasini tanladi. Shomurodov...

  • 3 aprel, 2021, 19:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 29-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Fiorentina" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Tecno

Maydon egalari tezkor gol bilan hisobni ochdi. 13-daqiqada Mattia Destro Skamakkaning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol etdi. Florentsiyaliklar bu golga oradan ko‘p o‘tmay javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Dushan Vlaxovich yaqin masofadan zarba berishda adashmadi.

Shu tariqa, "grifonlar" ochkolari sonini 32 taga etkazib olgan holda, 13-pog‘onani saqlab qoldi. "Fiorentina" esa, 30 ochko bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Ushbu bahsda Eldor Shomurodov 83-daqiqada maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!