
JCh-2022. Mundialning ilk qizil kartochkasi ko‘rsatilgan o‘yinda Eron so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga Uelsni mag‘lub etdi
Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Uels - Eron o‘yini yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini asosiy vaqtda qo‘shilgan daqiqalardagi gollar hal etdi. Avvaliga Ruzbex Chashni jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi orqali raqib darvozabonini ojiz qoldirdi. 90+11-daqiqada gol urgan Ramin Rizoyan o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.
Bungacha evropaliklar posboni Ueyn Hennesi 86-daqiqada qo‘pollik uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgandi.
Shu tariqa, Keyrush shogirdlari ochkolari mundialdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uels hisobida 1 ochko bor.
Fikrlar