JCh-2022. Messi navbatdagi rekordni o‘ziniki qildi

  • 27 noyabr, 2022, 16:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 2-turi doirasidagi Argentina - Meksika uchrashuvida nominal mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

"Albiseleste" yulduzi Messi jamoasining birinchi golini o‘zi urib, ikkinchisiga assistentlik vazifasini o‘tadi. Shu tariqa, u 5 ta mundialda golli uzatma muallifiga aylangan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. 

Leo 2006 yilgi JChda 1 ta, 2010, 2014 va 2018 yilgi chempionatlarda esa ikkitadan assist qayd etgan. Shuningdek, u mundiallarda urilgan gollar bo‘yicha Argentina afsonasi Diego Maradonaga etib oldi.

Argentinaliklar 3-tur bellashuvini Polshaga qarshi o‘tkazadi. Messi mazkur bahsda o‘z natijasini yanada yaxshilab olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!