Javohir Sindarov mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSh dollari bo‘lgan turnirda qatnashadi!
“Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” xalqaro turniri boshlanish arafasida.
Joriy yilning 5–12 dekabr kunlari JARning Keyptaun shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Mazkur turnirda dunyoning etakchi 8 nafar grossmeysteri aylanma va nokaut tizimida o‘zaro bahs olib boradi. Ular orasida Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSh), Vinsent Keymer (Germaniya), Arjun Erigaisi (Hindiston), Levon Aronyan (AQSh), Javohir Sindorov (O‘zbekiston), Hans Moke Niman (AQSh) hamda Parham Magsudlu (Eron) kabi kuchli shaxmatchilar bor.



Fikrlar