
Jasur Hakimov Toshkentning boshqa bir klubi bilan shartnoma imzoladi! (FOTO)
Toshkentning "Lokomotiv" klubi iqtidorli hujumchi Jasur Hakimov bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, 1994 yilda tavallud topgan Jasur Hakimov professional futbolchilik faoliyati davomida "So‘g‘diyona", "Metallurg", "Paxtakor", "Qo‘qon-1912", OKMK, "Buxoro" va "Turon" kabi klublarda o‘ynagan.
Shuningdek, o‘tgan mavsum "Bunyodkor" safida harakat qilib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Jasur Hakimov faoliyati davomida Superligada 30ta gol urgan. U futbolchi markaziy hujum chizig‘idan tashqari har ikki qanot yarim himoyasida ham o‘ynay oladi.
Fikrlar