Jarohatlangan Norbekov qachon tarkibga qaytadi?

  • 12 noyabr, 2020, 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvida jarohat olgan Shohnazar Norbekovning bugungi kundagi ahvoli va davolanish jarayonlari qay tarzda o‘tmoqda? Bu borada klub matbuot xizmati ushbu futbolchidan qisqacha intervyu oldi.

Tecno

- Shohnazar sog‘liklaringiz yaxshimi? Davolanish jarayonlari qanday bo‘lyapti?

- Assalomu alaykum. Sog‘ligim hozirgi kunda ancha yaxshi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Qiyin kunlar ortda qoldi, deb o‘ylayman. Xudoga shukr, barchasi shifokorlarimiz o‘ylaganidan ko‘ra ancha yaxshi o‘tyapti. Davolanish jarayonini Toshkent shahridagi klinikalarning birida davom ettiryapman. Mutaxassis shifokorlar tavsiya qilgan dori-darmonlarni qabul qilyapman.

- Shifokorlar sizga mashg‘ulotlarga qachon qaytishingiz mumkinligini aytdimi?

- Avvalo hammasi Allohdan. Shifokorlarimiz davolanish jarayonlari yaxshi ketayotganidan mamnunlar. Agar ularning tavsiyalariga to‘liq amal qilib, davolanish jarayonlarini davom ettirsam, mashg‘ulotlarga qaytishim uzoqqa cho‘zilmasligini ta’kidlamoqdalar. Shifokorlarimiz 15 noyabrda qayta ko‘rikdan o‘tishimni aytgan. O‘sha ko‘rikdan so‘ng, mashg‘ulotlarga qaytishim borasida aniqlik kiritiladi, menimcha. Noyabr oyining oxirgi kunlariga borib mashg‘ulotlarga ruxsat berib qolishsa kerak. Ochig‘i, o‘zim ham juda sog‘indim. Uyda o‘tirish qiyin ekan. Jamoamiz o‘yinlarini televizor orqali kuzatish esa undan-da qiyin bo‘lyapti. Yaxshi ham jamoadoshlarim, do‘stlarim xabar olib turishibdi. Barchalariga rahmat.

- Sizning va Suhrob Berdievni so‘rab bizga har kuni muxlislar murojaat qilib turibdi. Barchalari sizlarga Yaratgandan shifo so‘rashmoqda.

- Hammasiga rahmat. O‘zimga ham juda ko‘p insonlar telefon qilib, ahvolimni so‘ramoqda. Jamoamiz rahbarlariga, murabbiylarimiz, barcha klubimiz xodimlariga hamda hurmatli muxlislarimizga shu fursatdan foydalanib o‘zimni minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Yaqin kunlarda yana futbol maydonlarida uchrashamiz, deb umid qilaman. Xudo xohlasa, yana chiroyli o‘yinlarimiz va g‘alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz, deb umid qilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
12/11/2020 22:29
Шохназар соглигингизда жуда хурсандман Сухроб Бердиевга хам омад бугун анча хотиржам булдим