Janubiy Koreyada 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qildi!

  • 29 iyun, 2024, 13:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bir necha daqiqalar avval Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Fight World N 1 promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomida  o‘zbekistonlik 2 nafar bokschi ham ringga ko‘tarildi. Jumladan, engil vazn (61,2 kg) toifasida Sirochbek Ismoilov (5-0,1 KO) 4-raundlik to‘qnashuvda hindistonlik Sunil Kumarga (3-5,3 KO) qarshi jang qilib, uni muddatidan avval 3-raundda mag‘lub etdi. Ya’ni, 3 -raund yakunlangandan so‘ng, hindistonlik bokschi 4-raundda jang qila olmasligini bildirdi.  Birinchi yarim engil vazn (55,338 kg) toifasida Husniddin Maraimov (4-1-1,2KO) Filippin vakili Maykl Eskobia (12-25-1, bilan bahs yuritdi.  Yakunda yurtdoshimiz 4-raundlik jangda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!