
Janubiy Koreya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari davom etmoqda.
"C" guruhi ishtirokchilari Vetnam hamda Janubiy Koreya bellashuvida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab "Osiyo yo‘lbarslari" hisobni ochgan bo‘lsa, nominal mezbonlar 83-daqiqada muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, koreyaliklar 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Vetnam hisobida 2 ochko bor.
Fikrlar