
Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!
Rossiya premer-ligasining oltinchi turi o‘zbekistonlik legioner – Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning jamoasi – “Pari Nijniy Novgorod” uchun omadli keldi.
Nijniy novgorodliklar ketma-ket beshta uchrashuvda ochko yo‘qotishdan keyin ilk g‘alabasini nishonladi.
“Pari Nijniy Novgorod” mazkur turda turnir autsayderlaridan “Ural” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Bosh murabbiy Mixail Galaktionov shogirdlari anchagacha mezbonlarni bo‘ysundirish yo‘lini topa olmadi.
Galaktionov o‘yinni kuchaytirish maqsadida ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni zaxiradan o‘yinga tushirdi. 21 yoshli chap qanot himoyachisi jamoasining hujumini kuchaytirishni uddaladi. Hamyurtimiz o‘yinning 79-daqiqasida ajoyib kombinatsiyada ishtirok etib, to‘pni aniq zarba bilan Ilya Pomazun qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga joylashni uddaladi.
Shu tariqa, legionerimiz “Pari Nijniy Novgorod”ga ilk g‘alabani taqdim etdi.
Tur yakunlariga ko‘ra, https://football.kulichki.net sayti an’anaviy tarzda tuziladigan ramziy terma jamoaning himoya chizig‘iga hamyurtimizni ham kiritdi.
Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Denis Adamov “Sochi”.
Himoyachilar: Dmitriy Jivoglyadov “Lokomotiv”, Roberto Fernandes “Dinamo”, Saba Sazonov “Dinamo”, Ibrohimxalil YO‘DOShEV “Pari Nijniy Novgorod ”.
Yarim himoyachilar: Eduard Spertsyan “Krasnodar”, Jirano Kerk “Lokomotiv”, Malkom “Zenit”, Xesus Medina TsSKA, Aleksey Ionov “Krasnodar”.
Hujumchi: Fyodor Chalov TsSKA.
- “Ural”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchini faqat ikkinchi bo‘limda o‘ynadi va bu uning o‘yin qahramoniga aylanishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Yo‘ldoshev zaxiradan maydonga tushib, Galaktionov jamoasining hujumini sezilarli darajada kuchaytirdi. Nijniy novgorodliklarning chap qanotdan uyushtirgan hujumchilari Ibrohimxalil harakatlari evaziga raqib darvozasigacha etib bordi.
Chap qanot himoyachisining goli “Pari Nijniy Novgorod”ga chempionatdagi birinchi g‘alabani taqdim etdi, gol esa bu mavsumda Ibrohimxalil uchun ikkinchisidir, - deb hamyurtimiz o‘yiniga sharh berdi https://football.kulichki.net sayti.
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev joriy chempionatda olti marta maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist rasmiylashtirgan. Shu tariqa, uning Rossiya premer-ligasidagi umumiy uchrashuvlari soni 25 taga va samarali harakatlari uchta gol va uchta assistga etdi.
Tezkor! Italiya matbuoti: Shomurodov transferiga bir qadam qoldi!
Premer-liga klubi O‘runovni olish shartini aytdi!
Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!
Shomurodovni olishga so‘nggi urinish!
Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!
Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?
“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!
Fikrlar