Jaloliddin Masharipov O‘zbekistonga qaytishini inkor qilmadi

  • 18 yanvar, 2024, 23:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo kubogi 2-turi doirasida Hindiston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda vakillarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng Jaloliddin Masharipov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Suriyaga qarshi o‘yindan keyin bu o‘yin biz uchun boshqacha bo‘lishi haqida gapirgan edim. Birinchi o‘yindagi hayajon hammada o‘tib ketdi. Bugun yutishimiz suv va havodek zarur edi. O‘yindan oldin ham g‘alaba qozonishimizni bilardik. 

Birinchi o‘yindan keyin muxlislarda ham qanaqadir shubha uyog‘ongan edi. Bitta gapni aytaman, biz har doim ham Suriyani engil yutmaganmiz. 

Bu futbol. Bir o‘yinda yutsangiz maqtashadi, yutqazsangiz tanqid qiladi va bu normal holat. Hech qachon tanqidga qarab nimanidir belgilamaymiz. Chunki hayotimizni o‘zimiz tanlaganmiz. Nimadir qilyapmizki, tanqid qilinyapmiz. 

Superliga sizni sog‘ingan, siz Superligani sog‘indingizmi?

Superligani har doim kuzataman. Hozirda juda ham intirigali chempionat va buni har doim oxirgi turlarga borib chempion aniqlanayotganidan ham bilsak bo‘ladi. Bitta narsani aytib o‘taman, O‘zbekiston chempionati boshqa chempionatlardan kam emas. Faqat nimadirlarini to‘g‘irlasa, zo‘r bo‘ladi. 

Qaytib qolsangiz poytaxtda ko‘ramizmi, yoki vodiyda?

Hozir aniq ayta olmayman. Agar qaytib qolsam, o‘sha paytda bilamiz", dedi termamiz sardori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
19/01/2024 12:44
Ўзидан юлдуз ясаб олибдими, кечаги ўйинда ҳам кўп хато қилди.
Rahim Hudayberganov
19/01/2024 10:52
Жалол Джамшид билан Келин Хоразмди кутар элитага олиб чик
&
Bolelshik
19/01/2024 06:09
Nimadirla degani bu hakamlar haqida demoqchi bo'lsa kerak