
Jaka ertangi o‘yinda "Arsenal"ga yordam berolmasligi mumkin
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa sardori Granit Jaka katta ehtimol bilan APLning 11-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, shveytsariyalik futbolchi o‘tgan 10-turda muxlis bilan janjallashib ketgan, shuningdek bosh murabbiyga qo‘l uzatmagan edi.
“Eng muhimi insonning o‘zi va uning shaxsiyati. Hozir Jakaga o‘ziga kelib olishi uchun vaqt berish kerak, u havotirda.
Jaka barchadan, muxlislardan uzr so‘radi. Ehtimol u bo‘lajak o‘yinda ishtirok etmas, biz nima bo‘lganda ham 100% tayyor turishimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” – “Vulverxempton” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar