
Jaka "Arsenal"dan nega ketmoqchi?
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Granit Jaka qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra shveytsariyalik futbolchining “kanonirlar” safidan ketishiga muxlislarni haqorat qilgani sabab bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tish lozimki, ushbu holat APLning "Kristal Pelas"ga (2:2) qarshi kechgan bahsida sodir bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Jaka “Arsenal” safida 2016 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “kanonirlar” safida 144 ta o‘yinda ishtirok etdi va 11 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar