
Jahon kubogi. Mirazizbek Mirzahalilov kumush medalni qo‘lga kiritdi
Braziliyadagi boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniy pallaga etib keldi.
- 55 kg da Mirazizbek Mirzahalilov va Qozog‘iston vakili Nursultan Altinbek oltin medal uchun o‘zaro jang qildi. Shiddatli hamda murosasiz kechgan bahsda bokschimiz ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir charm qo‘lqop ustamizning jangi kutib turibdi. Javohir Ummataliev mezbon sportchi Vanderley Perreyraga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar