Jahon chempionini o‘ynatayotgan klub ikki “dashhatli” taklif oldi

  • 28 dekabr, 2022, 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Benfika” yarim himoyachisi Entso Fernandes Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘ldi. Qatardagi musobaqada yuqori saviyada o‘ynagan futbolchining narxi birdan oshib ketdi.

Tecno

A Bola nashrining xabar berishicha, futbolchining agenti Jorje Mendesh “Benfika” klubi prezidenti Ruy Koshta qo‘liga Evropaning grand klublaridan bo‘layotgan ikkita taklifni tutqazgan. Unda xaridorlar argentinalik futbolchi uchun lissabonliklarga 127 million evro to‘lashga tayyorligi ko‘rsatilgan.

Ruy Koshtaning o‘zi o‘yinchini mavsum oxirigacha ushlab turmoqchi. Bu mutaxassis yozda Entsoga taklif qilinayotgan summa 130 million evrodan oshishi kutmoqda.

E’tiborlisi shundaki, “Benfika” 21 yoshli yarim himoyachini o‘tgan yoz “River Pleyt” klubidan 12 million evroga xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!