Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik!
Xabaringiz bor, 2-13 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham qatnashadi. Birinchi kun doirasidan ikki nafar bokschimizning bahsi o‘rin olgandi.
-80 kg vaznda charm qo‘lqop ustamiz Javohir Ummataliev va Seyshel orollari vakili Dasheil Fanchette jangi yakunlandi. Ummatalievning katta ustunligida kechgan bahs hisobda ham o‘z aksini topdi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda Javohir hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Sayat Ilyasov va falastinlik Anas Sleyman to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar