
Jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Noyer Germaniya terma jamoasidan ketadimi?
Germaniya milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini guruh bosqichidayoq to‘xtatishga majbur bo‘ldi. "Nemis mashinasi" sardori Manuel Noyer MTJdagi kelajagi haqida gapirdi.
"Agar meni yig‘inga jalb etishsa, Germaniya sharafini himoya qilishga va foyda keltirishga tayyorman. Keyinchalik ham shunday bo‘lib qolishiga harakat qilaman",-dedi u "Sport1" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun 36 yoshli darvozabon 2009 yilda "bundestim" tarkibida debyutini o‘tkazgan. Bu vaqt oralig‘ida Noyer 117 uchrashuvda maydonga tushib, darvozasidan 113 ta to‘p olib chiqqan. Uning hisobida 48 ta "quruq o‘yin" ham bor.
Fikrlar