
"Jahon chempionati yana bir bor bizning yurtimizda o‘tkazilishini xohlayman"
Artyom Dzyuba Rossiyada yana bir marta futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishini xohlashini aytdi.
- To‘g‘risini aytsam, Jahon chempionati bahslariga yana bir bor Rossiya mezbonlik qilishini istardim. Bu haqiqatan ham ulkan va ajoyib voqea edi.
Biz dunyoga qanchalik ochiqko‘ngil va mehmondo‘st ekanligimizni namoyish etdik. Agar qaytganimizdan keyin yana bir marta Jahon chempionatini o‘tkazsak, barcha bizning qanchalik mehribon xalq ekanligimizga hayron qolardi, - dedi "Akron" hujumchisi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga Rossiya mezbonlik qilgan. Turnir yakunida Frantsiya chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar