
Jahon chempionati bilan xayrlashgan terma jamoa bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
Meksika bosh murabbiyi Herardo Martino iste’foga chiqarildi. Jamoa JCh-2022 guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonishiga qaramay, pley-offga chiqa olmadi.
"Hakam hushtagi yangragan vaqtda mening shartnomam yakunlandi. Men bu muvaffaqiyatsizlik uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Bu dahshatli umidsizlik", - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, "Barselona" sobiq murabbiyi 2019 yildan beri meksikaliklarni boshqarib kelayotgandi.
Fikrlar