Ivan Nagaev faoliyatini Premer-ligada davom ettiradi (mi?)

  • 17 yanvar, 2018, 22:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum “Buxoro” klubida o‘zining mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sabab bo‘lgan Ivan Nagaev faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, Nagaev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Qozog‘istonning  “Ordabasi” klubi nomi qayd etilgan surat joylashtirdi.

Qayd etish joiz, o‘tgan mavsum mazkur klubda hamyurtimiz Aleksandr Geynrix to‘p tepgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, chimkentliklar o‘tgan yili Qozog‘iston Premer-ligasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Evropa ligasi saralash bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishgan  edi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Nagaevga qozoq va arab klublaridan taklif bulayotganligi borasida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!