Italiyalik muxlis: O‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

  • 8 mart, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” muxlislari hamon bayramni davom ettirmoqda. Rimlik fanatlarga sevimli jamoalarining Evropa Ligasida nimchorak final birinchi uchrashuvida kuchli raqib – “Atletik”ni enggani juda ma’qul keldi.

Tecno

Ayniqsa, jamoa oxirigacha kurashib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirgani, uchrashuvni bezagan g‘alaba to‘pi so‘nggi soniyada kiritilgani manzur keldi.

Rimlik futbol ishqibozlari o‘yin qahramoniga aylangan Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalari bilan  ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirmoqda.

Sports.uz portali o‘z o‘quvchilari iltimosiga ko‘ra, legionerimizga bo‘layotgan munosabatlarni keltirib o‘tishga qaror qildi.

Demak tanishing:

Talal Khogali:

Men har doim Shomurodovning zo‘r o‘yinchi ekaniga ishonganman. Rahmat senga Eldor!

Vittorio Sorrentino:

Eldorning so‘nggi soniyadagi golining qadri juda baland.

Father and Son Football:

Eldor uchun o‘ta muhim gol. Bu gol Bilbaodagi javob o‘yinidan oldin bizga ustunlik beradi.

Mirella Ddr Grieco:

Agar o‘g‘il ko‘rsam, ismini Eldor qo‘yaman!

Bryan Tristante:

Men har doim o‘zbek legioneriga ishonganman. Lekin ko‘pincha uning qadriga etishmaydi.

Damiano Genovese:

Dovbik, gol urishni Shomurodovdan o‘rgan!

Edoardo Cervoni:

Eldor eng zo‘r lekin eng qadrlanmagan futbolchi.

Fabio Torre:

Shomurodov g‘alabaga oxirigacha ishondi. Balli, Eldor! Shunday davom et.

Simone Alescio:

Bu goldan keyin Dovbikni zaxiraga abadiy mixlash va faqat Eldorni o‘ynatish kerak. Dovbik, sen Shomurodovga qarab, ikkala oyoqda o‘ynay olsa, nimalar bo‘lishini ko‘r!

Hendry Ong:

Mana buni kambek desa bo‘ladi. Shomurodov kuchli jamoaga qarshi o‘yinda so‘nggi zarba bilan g‘alabani ta’minladi.

Mario Rugo:

Eldor hurmatga loyiq, u zo‘r jangchi.

Adriano Sconocchia:

Eldor Shomurodov va Zeki Chelik eng zo‘r o‘yinchilarga aylangan bo‘lsa, ularni o‘ynatib yuborgan Klaudio Raneri dunyodagi eng zo‘r murabbiy.

Manuel Thomas Shelby:

Shomurodov, avvalgi tanqidlar uchun uzr so‘rayman!

Luca Iaffaldano:

Eldor, sen e’tirof va ehtiromga loyiqsan.

Mario Negri:

Nega Shomurodovni har doim ham o‘ynatishmaydi. Dovbikdan yaxshi-ku...

Francesco Bottini:

Men hali ham Shomurodov Dovbikdan kuchli, deb bilaman. Eldor uchrashuvni boshidan oxirigacha o‘ynasin.

Dario Mignacca

So‘nggi soniyadagi gol bilan Shomurodov bizga huzur bag‘ishladi.

Antonio Alfonsi:

Dovbikni boshqa maydonga ko‘rishni istamaymiz. Eldor o‘ynayversin.

Raul Cabadas Filho:

Janob Raneri, oldingi chiziqqa Shomurodovni uni ortidan, Salemakers va Dibalani o‘ynating.

Mahmoud Ali:

Eldor birgina noyob talant nimalar qila olishini ko‘rsatib qo‘ydi. Artyom Dovbik bir-ikki narsalarni Shomurodovdan o‘rganib olishi kerak. Balki Dovbik Eldordan kuchlidir, lekin o‘zbek futbolchisi har doim jangchi kabi borini berib, oxirigacha o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushib, beshta gol urdi hamda uchta assist qayd etdi.

“Hammasi barbod bo‘lgan paytda Shomurodov paydo bo‘ldi!”

Raneri g‘alaba golini urgan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Shomurodov ispanlarni tiz cho‘ktirgan golidan keyin nimalar dedi?

Rimni portlatgan Shomurodovga qanday ball qo‘yildi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Зокир
08/03/2025 04:19
Класс респект админлар бу́шашманглар айнан мухлислар фикри рукнидаги маколалар учун сизларни севиб у́киман Рахмат купрок кутиб коламиз
Ilyosjon Turdaliyev
08/03/2025 09:46
ShomaRoma
&
Po`lat Polvonov
08/03/2025 08:50
Ассолому алекум.Мен ҳам Элдорга фанатлар қаторида жуда хуомат қиламан Европа яшил майдонларида жанг қилаётган Элдор ва Адуқодирга шон шарафлар бўлсин.Элдор гол уравер гол уравер.ОЛҒА ЎЗБЕКИСТОН ЎҒЛОНЛАРИ.