
Italiyalik afsonaviy murabbiy: Mourinoga ishonaman
"Roma"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Joze Mourinoning "bo‘rilar" boshqaruvidagi faoliyati va Rim klubining UEFA Konferentsiyalar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Konferentsiyalar ligasi singari sovrinni qo‘lga kiritish juda muhim. Bu Italiya futboli uchun ajoyib bo‘lardi.
Men Mourinoga to‘liq ishonaman. U haqiqatan ham etakchilikni o‘z zimmasiga olgan deb hisoblayman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” va “Lester” o‘rtasidagi yarim final uchrashuvining dastlabkisida 1:1 hisobi qayd etildi. Endi jamoalar 5 may kuni Rimda javob bahsida maydonga tushadi.
Fikrlar