Italiya va Ispaniyaga UEFAning qarori ma’qul kelmayapti
A Seriya va La Liganing fikricha, Italiya va Ispaniya chempionatlarini 30 iyunga qadar yakuniga etkazib bo‘lmaydi.
UEFA tashkiloti ligalarga 30 iyungacha mavsumni yakunlashni belgilab bergan bo‘lishiga qaramay, A Seriya vakillari buni ilojsizligiga ishonishmoqda.
Italiya chempionati 2 may sanasidan oldinroq boshlanishi dargumon va bu qolgan 12 ta turni juda gavjum jadvalda o‘tkazishga olib keladi.
Bundan tashqari, Italiyaning 5 ta klubi evrokuboklardagi ishtirokini davom ettirishi kerak va ushbu klublarda mavsumni yakunlash uchun vaqt etarli bo‘lmaydi. Bu esa translyatsiya huquqidan mahrum etishga olib keladi.
Shu sabablarga ko‘ra, Italiya va Ispaniya musobaqalarni tugatishning yagona yo‘li bu muddatni 30 iyundan kechiktirish deb hisoblaydi.



Fikrlar