
Italiya kubogi. Bugun "Roma" Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Italiya kubogida 1/8 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun "Roma" o‘z maydonida chorak final chiptasi uchun "Jenoa" bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start olishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, ayni paytda rimliklar sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov bundan oldin aynan genuyaliklar tarkibida to‘p tepgan.
Mazkur bellashuv legionerimiz uchun "bo‘rilar" tarkibidagi oxirgisi bo‘lishi mumkin. Boisi, u faoliyatini "Torino" klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
Fikrlar