
Italiya A Seriyasi oxirgi tur ramziy jamoasi e’lon qilindi. Termada "Jenoa"dan ham futbolchi bor (Foto)
15-18 yanvar kunlari Italiya chempionatida 18-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur WhoScored.com nashri uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Termada "Milan"dan 3, "Inter" va "Napoli"dan 2 tadan o‘yinchi o‘rin olgan. E’tiborlisi, "Jenoa" himoyachisi Domeniko Krishito ham termaga kiritilgan.
Genuyaliklar oxirgi turni safarda "Atalanta"ga qarshi o‘tkazishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa to‘liq harakat qildi. O‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Quyida WhoScored.com nashri talqini bo‘yicha A Seriya 18-tur ramziy jamoasi bilan tanishing:
Fikrlar