
"Istiqlol" muxlislari Masharipovdan xavotirda!
O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Jalolliddin Masharipov hozirda Eronning "Istiqlol" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Legionerimizning jamoasining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Xususan, u Eron kubogining 1/16 final bosqichi doirasidagi "Mes"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Uchrashuvda “Istiqlol” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va Masharipov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Muxlislar uning shartnomasi yakunlanayotganiga qaramay, yangi kelishuv tuzilmayotganidan xavotirda. Fors manbalarining xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga Xitoy klubi taklif bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Masharipov joriy mavsum Eron Pro-ligasida 10 ta o‘yinda qatnashib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar