
Ispaniya superkubogi yarim finaliga qur’a tashlandi. "Real" "Atletiko"ga qarshi, "Barsa" esa... (Foto)
Ispaniya superkubogida ishtirok etadigan 4 jamoaning nomi aniqlandi. Unga ko‘ra, La Liga chempioni "Barselona", vitse-chempion va kubok sohibi "Real", kubok finalchisi "Osasuna" hamda La Liga bronza medallari egasi "Atletiko" superkubok yarim finalida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Dastlabki yarim final bahsi "Real" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Keyingi bellashuvda "Barselona" "Osasuna" bilan orani ochiq qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi superkubokda "Barselona" g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Finalda "ko‘k-anorranglilar" "Real"ni 1:3 hisobida mag‘lub etgan.
Fikrlar