Ispaniya, Angliya va Germaniya grandlari bir hujumchiga qiziqishmoqda

  • 13 iyun, 15:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shtutgart" hujumchisi Nik Voltemadga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Tecno

Shuningdek, "Bavariya" va "Atletiko" klublari , 23 yoshli germaniyalik futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishni reja qilishmoqda. 12 iyun kuni hujumchi U-21 Evropa chempionati doirasida Sloveniya bilan o‘yinda Germaniya safida xet-trik qayd etdi (3:0). Transfermarkt uning narxini 30 million evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Nik Voltemade Bundesligada 28 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta assist bilan ajralib turdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!