
Ispan jamoalari Evropada tengsizga aylandi
Ispan klublari Evropa chempionlar ligasida ajoyib natija qayd etdi.
Hozirda Ispaniyaning "Real", "Atletiko" va "Vilyarreal" jamoalari 1/4 finaliga yo‘l olgan. Ushbu klublar hozirda keyingi bosqichdagi raqiblarini kutmoqda.
Shu tariqa, ispan jamoalari ketma-ket 17 mavsumdan beri EChL chorak final bosqichida ishtirok etib kelmoqda. Bu turnir rekordi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun EChL 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar