Islom Maxachev va Dastin Pore jangi to‘liq davom etmaydi! (So‘rovnoma)

  • 26 may, 2024, 18:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

2 iyun kuni tongda “UFC 302” turnriri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi engil vazn (70,3 kg) toifasi chempionligi uchun amaldagi chempion Islom Maxachev hamda Dastin Pore o‘rtasida kechadi.

Tecno

Ushbu jang borasida an’anaga muvofiq o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.

Amin Ergashev -MMA jangchisi, murabbiy

 - To‘g‘risi bu jang borasida fikr yuritadigan bo‘lsak, Islom Maxachevga Poredan ko‘ra, Arman Tsarukyanni raqib sifatida berish kerak edi. Chunki Pore Getjiga mag‘lub bo‘ldi. Keyin Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratdi-yu, baribir Tsarukyan xaqliroq edi. To‘g‘ri, u yaqindagina jang o‘tkazdi. Shuning uchun, Pore tanlanganligi aniq. Albatta, Dastin yaxshi jangchi sanaladi. Ammo, Maxachevga qarshi unda imkoniyat juda ham past deb o‘ylayman. Chunki, oldingi Pore emas. Ya’ni, Habib bilan jang qilgan Poredan anchagina pastlagan. Yosh ham o‘tib boryapti. Shuning uchun bu jangda Maxachevning imkoniyati yuqori deb o‘ylayman. Imkoniyatlarni 70/30 deya baxolagan bo‘lardim.

Dmitriy Xudyakov -murabbiy

- Menimcha qiziqarli jangni guvohiga aylanamiz. Pore ham anchagina jiddiy jangchi. Biroq, bu qarama-qarshilikda baribir Islamning imkoniyatini yuqori deb bilaman. Jang oxirigacha davom etmaydi. Ya’ni Maxachev texnik nokaut yoki nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

Ozod Pardaev – menejer

- Hozirgi kunda Islom Maxachevning imkoniyatlari Porenikidan ancha yuqori, deb o‘ylayman. Har tomonlama Maxachev ustunroq. Jang stsenariysi xuddi Habibga qarshi jang kabi bo‘ladi va “sabmishen” bilan Maxachev g‘alaba qozonadi.

Bakir Vechnyy – Oktagon anonseri

- Assalomu Alaykum. Barcha MMA muxlislariga omad va yaxshi kayfiyat tilayman. Dastin (Diamond) Pore - Islam Maxachevga karshi! Ochikchasiga aytsam, 40-60% Maxachev foydasiga ... Lekin Poreni oxirigi jangi bo‘lishi kutilayotgani uchun, bu jangda Dastinni g‘alabasini yoki durang bщlishini juda xohlar edim! Maxachev xozirgi kunda engilmas ko‘rinsa-da, Pore bu jangda borini o‘rtaga tashlaydi. Bu himoyaviy jang bo‘lmaydi, aksinchat ochikchasiga “sola -sol” bo‘lishi aniq!

Doniyorbek Ro‘ziev – murabbiy

- Bu jang to‘liq davom etadi, deb o‘ylamayman. Islom Maxachev o‘zining uslubida g‘alaba qozonadi. Uzog‘i 2-raundda bo‘g‘ib qo‘yadi yoki “kimura” uslubi bilan zafar quchadi. Imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim.

Mirafzal Axtamov -MMA jangchisi

- Qiziqarli jang bo‘ladi. Dastin Pore Maxachev uchun jiddiy raqib degan bo‘lardim. Agar, jang “stoyka”da kechsa, Poreda imkoniyat yuqori deb bilaman va 3-4-raundda texnik nokaut bilan Pore g‘alaba qozonsa kerak.

Javohir Imomov – MMA jangchisi

- Bu jangda imkoniyatlarni 80/20 degan bo‘lardim. Albatta, Maxachev foydasiga! Dastin Pore oldingidek emas, yoshi ham o‘tib bormoqda. Qolaversa, kurashi zaif, albatta Maxachevning imkoniyatlari oldida. Habib Poreni kamchiliklarini juda yaxshi biladi va kerakli taktikani qo‘ya oladi. Pore “gilotina" qilishi mumkin. Biroq, Maxachev bunga bermaydi. Jang 4 -raundgacha bormaydi. Nazarimda Maxachev bo‘g‘ish uslubi bilan yoki “dobivanie” evaziga g‘alaba qozonsa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!