
Islom Frantsiyada o‘ynaydigan bo‘ldi
“Lester Siti” hujumchisi Islom Slimani faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
32 yoshli jazoirlik hujumchi bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin “Lion” bilan shartnomani rasmiylashtiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Lion” bilan muzokarani davom ettirayotgan “Lester Siti” rahbariyati futbolchining Frantsiyaga jo‘nab ketishiga ruxsat bergan. Uning inglizlar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. Transfermarkt portali Slimanining transferini 5 million evroga baholamoqda.
Islom Slimani “Lester Siti” tarkibiga kira olmadi. U joriy mavsumda bir marotaba zaxiradan tushib, 19 daqiqa o‘ynadi xolos. O‘tgan mavsumni u ijara asosida “Monako”da o‘tkazib 19 ta uchrashuvda 9 ta gol urgan va 7 ta golli pas uzatgan edi.
Fikrlar